Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijroda intizom — raqamli yondashuv va shaxsiy mas’uliyat
15:24 / 2025-08-08

Jizzaxda 2025 yil 25 iyul kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni doirasida o‘quv‑amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirga Hisob palatasi, Adliya vazirligi va viloyat hokimligi ko‘magida kotibiyat muhandislari, rahbar o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlar, shuningdek shahar va tuman hokimliklaridan mas’ullar Zoom orqali onlayn qatnashdilar.

Seminar davomida davlat rahbarining mazkur farmoni mazmun‑mohiyati va amaliy ahamiyati haqida slaydli ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi. Hisob palatasi va Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokchilarga har tomonlama tushuntirishlar berishdi.

Anjumanda “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali topshiriqlarni kuzatish va bajarilishini nazorat qilishning yangi mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tahlil platformalarini joriy etish masalasi alohida e’tiborga olindi.

Ta’kidlanishicha, bu raqamli imkoniyatlar davlat organlari va tashkilotlarda topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomini mustahkamlash hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yangi tizim va mexanizmlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar davomida ishtirokchilar ijro intizomini kuchaytirish borasida o‘z fikr hamda takliflarini bildirishdi, shuningdek, amaliy yechim va yangi yondashuvlar bo‘yicha mulohazalar bayon etildi.

Tadbir so‘nggida esa qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri