Ijrochiga tan jarohati yetkazgan shaxslar jazoga tortiladi
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochisi qarzdor T.T.dan 3,5 million so‘m davlat bojini undirish uchun uning yashash xonadoniga borgan.
Biroq, ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida qarzdor va uning o‘g‘li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-(haqorat) va 219-(hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Ne’matov, O‘zA