Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish nazariy va amaliy mashg‘ulot shaklida amalga oshiriladi
14:52 / 2026-02-25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining malakasini oishirish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish nazariy va amaliy mashg‘ulot shaklida amalga oshiriladi; 

nazariy mashg‘ulotlar Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, amaliy mashg‘ulotlar esa Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va ijro intizomi namunali davlat organida tashkil etiladi; 

malaka oshirishning umumiy muddati 40 soatni, shu jumladan, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 24 soat nazariy mashg‘ulotni tashkil etadi; 

2026-yilda ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish joriy yilning aprel oyidan boshlanadi; 

ijro intizomiga mas’ul xodimlarning ma’lumotlar bazasi Adliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi; 

malaka oshirish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda sertifikat beriladi; 

xodimlarning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 

Qaror bilan: 

Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlari malakasini oshirishning namunaviy grafigi tasdiqlandi. 

Davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq xodimlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi belgilangan. 

Mazkur Nizom O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining malakasini Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va ijro intizomi namunali davlat organida oshirish tartibini belgilaydi. 

Ijro intizomiga mas’ul xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishdan maqsad xodimlarning ijro intizomini tashkil qilish, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini monitoring, tahlil va nazorat qilishdagi nazariy hamda amaliy bilimlari, kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda muntazam rivojlantirib borishni samarali tashkil etishdan iborat. 

Quyidagilar ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish va ularni o‘qitish bo‘yicha asosiy vazifalar hisoblanadi: 

ijro intizomi bo‘linmasining asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida aniq tushunchalarni shakllantirish; 

ijro intizomi bo‘linmasi xodimlarining ijro intizomini ta’minlashdagi nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirish; 

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning tashkiliy-hududiy masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash; 

ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish, ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda o‘quv seminarlari hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘zA