French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkorlarning madaniy muloqot maydoni
15:20 / 2025-12-09

Boku Kongress markazida “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi rasmiy vakillari, Islom hamkorlik tashkilotiga (OIC) a’zo davlatlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ijodiy sanoat mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimidagi nutqlarda festivalning maqsadi, mintaqada madaniy hamkorlikni mustahkamlash ahamiyati hamda kreativ iqtisodiyotning salohiyati ta’kidlandi.  

Forum bir qator xalqaro hamkorliklarga zamin yaratishi va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha ochiq muhokamalar uchun imkoniyat bo‘lishi qayd etildi.

Dunyodagi 50 dan ortiq davlat vakillari qatorida ushbu festivalda O‘zbekiston madaniyat va san’at sohasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida kino, dizayn, musiqa, animatsiya, texnologiya va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan panel muhokamalar, taqdimotlar hamda tarmoq (networking) uchrashuvlari o‘tkaziladi.

11 dekabrgacha davom etadigan festival doirasida ko‘rgazmalar, kino namoyishlari va mahorat darslari ham tashkil etiladi.

Ushbu muhim platforma Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirish hamda turli sohalarda innovatsiya va ijodkorlikni birlashtirishga xizmat qiladi.

N.Usmonova, O‘zA