Ijodkorlar shaxmat musobaqasida kuch sinashdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan shaxmat bo‘yicha ijodkorlar o‘rtasida ochiq turnir tashkil etildi.
Mamlakatimizdagi turli axborot vositalari, jurnal va nashriyotlarda, ijodiy jamoalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar ishtirok etgan turnir qiziqarli bahslarga boy kechdi.
Ayniqsa, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar Xurshid Dustmuhammad, Habib Temirov, Nosir Toshmatov, Asror Mo‘min, Baxtiyor Karim, Murod Rizayevlar o‘rtasidagi partiyalar ko‘pchilikning e’tibor markazida bo‘ldi.

Murosasiz bahslar sarhisobiga ko‘ra, Asror Mo‘min, Baxtiyor Karim va Murod Rizayev sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Turnir yakunida sovrindorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA