Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkorlar Qizilqum kengliklarida uchrashdi
13:51 / 2023-01-26

Yil boshi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish korxonalarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilishi, el ardog‘idagi yozuvchi-yu shoirlar, qalam ahli bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Kitobga, adabiyotga muhabbati yuksak insonlar mehnat qilayotgan konchilar jamoasining ham ishida unum bor, ulug‘vor rejalari amalga oshayotir.

Kombinatning Qizilqum cho‘lida joylashgan korxonalarga “Ma’naviy hayot” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom, ijodkorlar Islom Sultonov va Sultonboy Dehqonov va ijodiy guruh tashrif buyurib, u yerdagi bunyodkorlik ishlari, konchilarning ish faoliyati, turmushi bilan yaqindan tanishdi. Ular Markaziy va Shimoliy kon boshqarmalarining ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida konchilar, she’riyat shaydolari bilan ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etdi.

– Uchquduq, Zarafshon shaharlariga birinchi bor kelishim, – deydi shoir Sh.Salomov. – Bu kabi uchrashuvlar, dildan kechgan muloqotlar oxirgi bo‘lmasligini istardim. Bu yerning odamlari samimiy, o‘z tuprog‘iga o‘xshaydi. Kengliklarni qalbiga joylagan odamlar yashaydi. Bu yerdagi hayot O‘zbekistondagi eng katta xazinasi, oltin konlari bilan bog‘liq. Shu kengliklarni yuragiga joylagan odamlar menda hayrat uyg‘otdi, havaslar ko‘ngildan o‘tdi. Xudo xohlasa, bu hayajonlarimni nasrga, nazmga solib, asarlar yarataman.

Ijodkorlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish asnosida, Qizilqum cho‘lida qahramonlik ko‘rsatayotgan fidoyi insonlar bilan suhbat qurdi.  

 

Azamat Zaripov,  

“Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati xodimi.

O‘zA