Ijodkorlar qabri ziyorat qilindi
Muqaddas ramazon oyida mehnatkash va saxovatli xalqimiz azal-azaldan bir-birini yo‘qlaydi, bemorlar holidan xabar oladi, qabristonlarni obod qiladi.

Shu tabarruk kunlarning sharofati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ham Chig‘atoy, Minor qabristonlarida bo‘lib, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Nosir Fozilov, Shukur Xolmirzayev, Aziz va Laziz Qayumov, Husniddin Sharipov, O‘lmas Umarbekov, Normurod Narzullayev, Omon Muxtor, Abdumannop Egamberdi, Rauf Parfi, Muhammad Rahmon, Nosir Muhammad, Usmon Qo‘chqor, Safar Oston singari ustoz ijodkorlarning qabrini ziyorat etdi.

Ularning ruhi poklariga Qur’on tilovat qilindi. Qabr toshlari tozalandi, qabri atrofiga gullar ekildi.
O‘zA