Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkorlar harbiylar huzurida
15:39 / 2025-08-01

Andijon shahridagi harbiy qismda “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda” mavzusida harbiy xizmatchilarning ijodkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami munosabati bilan harbiy qism rahbariyati, O‘zbekiston Jurnalistlar hamda Yozuvchilar uyushmalari viloyat bo‘limlari hamkorligida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, faxriylar, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, yosh ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya, askarlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ilm olish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish xususida so‘z yuritildi.

– Askarlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularning harbiy burchni yuksak darajada ado etishlariga ruhlantirishda adabiyotning o‘rni va roli muhimdir, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Vosit Ahmatxonov. – Shu ma’noda askarlarning ijod ahli bilan uchrashuvi ularga katta ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ilm egallashga intilishi, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, qalblarida yuksak insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirda ijodkorlarning ona Vatan, milliy tarbiya, tinchlik, mehr-oqibat mavzularidagi chiqishlari, o‘qilgan she’rlar harbiy xizmatchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari