French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkorlar – harbiylar huzurida
17:05 / 2025-07-30

Mustaqilligimizning 34 yilligi oldidan

Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

[gallery-24538]

Tadbirda harbiy xizmatchilar, taniqli shoir va yozuvchilar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirokchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, ta’lim-tarbiya, inson qadri, huquq va erkinliklarini kafolatlash yo‘lidagi islohotlar, xalqimizning siyosiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faolligi haqida so‘z yuritdilar. Mustaqillik – har bir xalq uchun bebaho ne’mat, suveren taraqqiyot yo‘lining asosi ekani, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining bosh g‘oyasi bo‘lgan inson qadri tamoyili keng qamrovli islohotlar markazida turgani, yosh avlodni ma’naviyatli, bilimli, Vatanga sadoqatli etib tarbiyalashda harbiy qismlarda olib borilayotgan ma’rifiy ishlar yuksak ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir harbiy xizmatchilar hamda ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari o‘rtasida ochiq muloqot tusini oldi. 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA