Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkor uchun vatanni tarannum etish katta baxt
13:55 / 2021-08-28

Mustaqilligimizning har bir yili Vatanimiz solnomasida tom ma’noda yorqin sahifa bo‘lib, xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyatining amaliy namoyoni, erkin va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli sifatida katta tantana bilan nishonlanadi.

O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topganiga o‘ttiz yil to‘lmoqda. Bu yillarda xalqimizning ozod va obod Vatan, yangi davlat va jamiyat barpo etish yo‘lidagi buyuk ishlari mujassam. Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlarda ana shu islohotlar aks etdi.

Tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov va boshqalar ”Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bu galgi tanlov yangi ijodkorlarni kashf etishga xizmat qilganligini ta’kidladi.

–Bu yilgi tanlovga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 300 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov. – Istiqlolning mazmun-mohiyati, Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlar, ulkan o‘zgarishlar hayotiy misollar va tahlillar asosida yoritib berilgan ijodiy asarlar qabul qilindi. Ijodkor uchun vatanni tarannum etishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Tanlov hay’ati har bir ijodiy ishni xolislik bilan ko‘rib chiqib, nominatsiyalar bo‘yicha eng munosiblarini aniqlab berishdi. Shuningdek, professional blogerlar uchun ham alohida nominatsiya tashkil etildi.

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA