French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy va ilmiy hamkorlik
14:45 / 2025-12-03

Poytaxtimizda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida institut va muzey o‘rtasida o‘quv jarayoni, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida mazkur muzeyda “San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi filiali” tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, tarixiy va zamonaviy san’at asarlarini o‘zida jamlagan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida institut kafedrasi filialining tashkil etilishi talabalarning amaliy ko‘nikmalar bilan sifatli bilim olishi hamda bitiruvchilarning bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan kadrlar bozoriga katta tajriba bilan kirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA