Ijodiy uchrashuv
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida "Men terrorchi emasman" filmining ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur film Kinematografiya agentligi, “Iskandariy visual” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi DXX ko‘magida suratga olingan.
Film ijodkorlari kartinani ishlash jarayoni haqida so‘zladi, kursantlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Uchrashuvda film ijodkorlari bilan ijodiy suhbat tashkil etilib, so‘ngra yig‘ilganlar uchun film namoyish etildi.
”Men terrorchi emasman” kinokartinasi o‘tkir syujetli harbiy drama janrida bo‘lib, real voqealarga asoslangan. Unda terrorchilik guruhlariga qo‘shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.
G. Nusratova,
O‘zJOKU talabasi