English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy tanlovlar o‘tkazildi
10:59 / 2021-06-13

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi Respublika tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov har uch yilda bir marotaba bo‘ladi.Tanlovning hududiy bosqichlari joriy yilning mart oyida bo‘lgandi. Ijodiy bahsning Respublika bosqichi onlayn tarzda o‘tkazildi. 29 ta nominatsiya bo‘yicha saralangan ishtirokchilardan 1-o‘ringa – 27 nafar o‘quvchi, 2-o‘ringa– 28 nafar o‘quvchi, 3-o‘ringa – 28 nafar o‘quvchi munosib topildi.

Shuningdek, Ansambl va orkestr ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovi hududiy bosqichlari joriy yilning aprel oyida o‘tkazilib, Respublika bosqichi onlayn tarzda saralandi. Ushbu tanlov qatnashchilari ham  11 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Mazkur tanlovning natijalarga ko‘ra,

11 ta ansambl  1-o‘ringa,

11 ta ansambl  2-o‘ringa,

11 ta ansambl  3-o‘ringa loyiq deb baholandi.

Tanlov g‘oliblari professional ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bu kabi tanlovlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular ijodini keng ommaga namoyish etish barobarida o‘zbek musiqa san’atiga munosib hissa qo‘sha oladigan iste’dod egalarini kashf etishga xizmat qiladi.

O‘zA