Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy tanlov g‘oliblari aniqlandi
19:21 / 2023-03-17

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan mahallalarda istiqomat qilayotgan shoiralar o‘rtasida «Nazm gulshani» she’rlar hamda yozuvchi ayollar o‘rtasida «Qalam sehri» mavzusida hikoya va qissalar ijodiy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovga 30 dan ortiq muallifning 70 ta ijodiy ishi taqdim etildi. Ushbu materiallar nashr etilgan kitoblar, matbuotda e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan holda janr tasnifi bo‘yicha she’riy to‘plamlar, she’riy turkumlar, hikoya va qissalardan iborat.

Dilshoda Saidolimova «Urushdan qaytmagan bolalar» hikoyalar to‘plami uchun 1-o‘ringa, Shoira Jahon «Ko‘zimdan suvrat» she’rlar to‘plami uchun 2-o‘ringa, Ilvira Daukayeva o‘zbek va rus tillarida yozilgan hikoya va ertaklari uchun 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, bir guruh ijodkorlar rag‘batlantiruvchi o‘ringa munosib topildi.

Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari, badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.

N.Usmonova, O‘zA