Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy muloqotlar haftaligi
18:21 / 2024-04-18

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy «Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali» mamlakatimiz yoshlari uchun ilhom, izlanish, mahorat, ijodiy muloqot maydoni vazifasini o‘tamoqda.

Haftalik doirasida Markaziy ko‘rgazmalar zalida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi o‘quvchilari yaratgan milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuridinov yoshlar iste’dodini kashf etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotgani, «Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali» davlatimizning bu boradagi yana bir e’tibori namunasi ekanini ta’kidladi. 

Yurtimiz badiiy ta’lim jarayonida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining o‘z o‘rni bor. Bu yerda tahsil olayotgan yoshlar turli modalar festivallari, biyennalelar, ijodiy haftaliklarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yoshlarning bunday yutuqlarga erishishida ularning ustozlari, atoqli rassom va dizaynerlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. 

Shu kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi, ustoz musavvir Bahodir Jalolov ishtirokida «Birinchi Renessans. Rivojlanish» nomli ma’rifiy muloqot, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta’lim fakulteti «Tasviriy san’at» kafedrasi professor va pedagoglari, talaba-yoshlari ishtirokida «Badiiy ta’lim rivojlanishining innovatsion diskurs masalalari» nomli anjuman, qo‘lyozma manba varaqalarini ta’mirlash va muqovalash, landshaft dizayni bo‘yicha ham mahorat darslari tashkil etildi.

Ishtirokchilar poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishdi.

N.Usmonova, O‘zA