English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy marafon g‘oliblari taqdirlandi
17:38 / 2022-12-19

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali – DVV hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida «Aholining ko‘makka muhtoj guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari va fuqarolik jamiyatining birgalikdagi harakati» mavzuidagi ijodiy marafon g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda istiqomat qiluvchi o‘zbek va rusiyzabon yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi. Tanlovga taqdim etilgan ishlar yozuvchilar, adabiyotshunoslardan iborat hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.  

"Ushbu marafon 2 oy davom etdi, – dedi yozuvchi Risolat Haydarova. – Tanlovda hikoyalari, esselar va she’rlari bilan 30 nafardan ortiq ishtirokchining ishlari ko‘rildi. Hay’at a’zolariga har bir ijodiy ish raqamlangan holda topshirildi. Bu esa odilona baholanishga zamin yaratdi. Bu jarayonda asarlar voqealarida kutilmagan taqdirlar va yechimlarga guvoh bo‘ldik.  

– Tanlovda «Hozirgi odam haqida afsona» she’rim bilan qatnashdim, – deydi 1-o‘rin sohibi Nuriddin Rasulov. – Unda insonning ichki siyratiga bo‘ylashga harakat qildim. Natija va hakamlarning to‘xtami esa meni chindan hayratga soldi. To‘g‘risi, kutmagandim va bu qandaydir o‘zgacha farax berdi.  

Marafon so‘ngida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA