Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar xolis va shaffof o‘tmoqda
17:58 / 2022-08-02

Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida ham alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy va ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon davlat universiteti Pedagogika institutiga alohida iqtidor talab etiladigan jismoniy madaniyat, xotin-qizlar sporti, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport, musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 2 ming 232 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tgan. 

Kasbiy va ijodiy imtihonlar maxsus grafik asosida joriy yilning 31 iyulidan 11 avgustga qadar, ikki smenada, ya’ni ertalab 9.00 dan 12.00 gacha hamda 14.00 dan 17.00 gacha o‘tkazilishi belgilangan. 

– Yangi tashkil etilgan institutimizda ijodiy imtihonlar joriy yilda ilk bor o‘tkazilmoqda, – deydi institut direktori Baxtiyor Rasulov –  Ijodiy imtihonlarning shaffof, ochiq va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimlari, deputatlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalar vakillari nazoratchi sifatida jalb etilgan. 

Imtihonlar o‘tkaziladigan hududlarda 24 soat uzluksiz ishlaydigan kamera kuzatuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, imtihon jarayonlarini online.anddupi.uz sayti orqali bevosita kuzatish mumkin. Imtihon o‘tkaziladigan hududlar yaqinida ota-onalar uchun kutish maydoni tashkil etilgan, maydonga o‘rnatilgan monitorlar orqali ham jarayonni kuzatib borish imkoni yaratilgan.  

Kasbiy va ijodiy imtihonlar malakali mutaxassislar tomonidan belgilangan tartiblar doirasida o‘tkazilmoqda. 

– O‘tgan yili omadim kelmasdan, ijodiy imtihondan past baho olgan edim,  – deydi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirgan abituriyent Mashhura Nazirova. – Ijodiy imtihonda mutaxassislar, ustozlar bilimimni xolis baholadi. Umid qilamanki bu yil albatta, talabalar qatoridan joy olaman. 

Tibbiyot xodimlari abituriyentlarning sog‘ligini nazorat qilmoqda. Imtihonlar jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari jalb etilgan. 

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA