Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda
15:04 / 2025-07-08

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadvalga asosan tashkil etilmoqda.

Xususan, Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartibda Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida o‘tkazilmoqda. Ushbu yo‘nalishga oid imtihonlar nafaqat ertalabki soatlarda, balki kunning ikkinchi yarmida ham tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda olib borilmoqda.

Har bir abituriyentga o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratilgan. Imtihon natijalari belgilangan muddatda e’lon qilinib, universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilishi rejalashtirilgan.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri