English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda
17:30 / 2023-07-31

Shu kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy va ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan yettita yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida 1 ming 365 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilishi belgilangan. Ayni kunda barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy imtihonlar o‘tkazilmoqda.  

– Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlari, shuningdek, jamoatchilik vakillari tomonidan nazorat qilib borilmoqda, – deydi Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev. – Bundan tashqari, jarayonlarni onlayn kuzatish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, abituriyentlarning ota-onalari, umuman, barcha xohlovchilar imtihon jarayonlarni live.adu.uz sayti orqali bevosita kuzatib borishlari mumkin. Sport yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy imtihonlar malakali mutaxassislar tomonidan belgilangan tartiblar doirasida o‘tkazilmoqda.

[gallery-12968]

Hozirga qadar futbol, rangtasvir (dastgohli), badiiy gimnastika va boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 700 nafardan ziyod abituriyent ijodiy imtihonlarni topshirdi. Tibbiyot xodimlari abituriyentlarning sog‘ligini nazorat qilmoqda. Ular uchun suv va boshqa salqin ichimliklar berilishi tashkil qilingan. Imtihonlar jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA