Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar: adolat va shaffoflik bosh mezon
11:04 / 2022-08-02

Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutida joriy o‘quv yilida alohida iqtidor talab etiladigan 5 ta ta’lim yo‘nalishlariga 595 ta kvota ajratilgan. Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga 2 ming 107 nafar abiturienlar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu o‘rtacha 1 o‘ringa 3.5 nafar da’vogar to‘g‘ri keladi degani. Eng ko‘p abiturientlar ro‘yxatdan o‘tgan ta’lim yo‘nalishi bu jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishga jami 1 ming 156 nafar abituriyent talabgor. Bu esa bir o‘ringa o‘rtacha 5 nafarni tashkil qiladi.

Institutning 3 ta  ta’lim yo‘nalishi ya’ni, Jismoniy madaniyat, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda musiqa ta’limi yo‘nalishlarida kasbiy(ijodiy) imtihonlar boshlandi. Ijodiy imtihonlar 1 ta sport maydoni va 2 ta institutning yirik zallarida o‘tkazilmoqda.  Kasbiy(ijodiy) imtihonlarning shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon oluvchi 5 ta ishchi guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan  mutaxassis professor-o‘qituvchilar hamda amaliy yordam berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimlari jalb qilingan.  

[gallery-undefined]

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar imtihon  bo‘lib o‘tadigan joyi va vaqti bo‘yicha  o‘z vaqtida xabardor qilingan va ularning imtihonlarda ishtiroki ta’minlangan. 

–Kasbiy(ijodiy imtihonlar) to‘liq kameralashtirilgan maydon va auditoriyalarda olinmoqda, imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan, – deydi Buxoro davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi raisi Saidjon Hamroyev. – Shuningdek, imtihon jarayonlari ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilmoqda. Shuningdek, deputatlar, jurnalistlar, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlaridan tuzilgan jamoatchilik vakillari bevosita kuzatib bormoqda. Har bir hudud navbatchi tez tibbiy yordam xizmati  bilan ta’minlangan. 


Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA