English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar: adolat va shaffoflik bosh mezon
12:00 / 2021-07-30

Farg‘ona davlat universitetida musiqa ta’limi hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlabki kunda ushbu yo‘nalishlarga ariza topshirgan 30 nafar abituriyentlar sinovlarni topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, universitetning kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiradigan ta’lim yo‘nalishlari 11 tani tashkil etadi. Ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mazkur yilda 3090 nafar abituriyetdan hujjat kelib tushgan. Ijodiy imtihonlar avgust oyining 6 sanasiga qadar davom etadi.

–Shaffoflik asosida, ijodkor abituriyentlarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan holda o‘tkazilayotgan universitetning kasbiy imtihonlari natijalari tezkorlik bilan bugundan, ya’ni – 30 iyul sanasidan boshlab e’lon qilinadi, – deydi Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov. – Ushbu ko‘rsatkichlar bilan yoshlar bevosita universitetimiz sayti, rasmiy telegramm kanali, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib borishlari mumkin.

Universitetga kirish uchun umumiy 23, 5 ming nafarga yaqin abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan ikki ming nafardan ziyodi oliygoh fakultetlarida tashkil etilgan rus guruhlarida o‘qish istagini bildirgan. Universitet tomonidan yangi o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi kunduzgi yo‘nalishiga 2574 nafar, sirtqi ta’limga 950 nafar, magistratura bosqichiga 157 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Bundan tashqari, qo‘shimcha kvota asosida alohida imtiyozga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning oliy ta’limga qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.  

Hozirda magistratura, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA