FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Jurnalistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan 136 nafar abituriyent erta tongdan imtihon joyida hozir bo‘ldi. Ijodga havasmand abituriyentlarning shijoati va ruhi baland.
[gallery-18212]
Manzilda sinov jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi a’zolari, mas’ullar, shuningdek, jamoatchilik vakillari tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Imtihonlar o‘tkazilayotgan hududlarga katta hajmdagi monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlari onlayn kuzatib bormoqda.
Ijodiy imtihonlar ikki smenada – 8.00 dan 12.00 gacha hamda 14.00 dan 18.00 gacha o‘tkazilayotir.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA