Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijod va ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan Zulfiyaxonim izdoshi
11:20 / 2026-02-26

FOTOREPORTAJ

Komila Shoyimova — Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi. U zamonaviy o‘zbek adabiyoti va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor, pedagog va suxandon sifatida tanilgan.

1998-yilda Surxondaryo viloyatida ziyoli oilada tug‘ilgan Komila Shoyimova yoshligidan adabiyotga qiziqib, she’riyat bilan shug‘ullana boshlagan. Uning ijod namunalari “Qaldirg‘och parvozi”, “Yurtning erka qiziman”, “Ko‘ngil chamani”, “Yuragimda baxtga aylanding” nomli she’riy to‘plamlarida jamlangan. 2013-yilda “Kitobsevarlar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2017–2021-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  tahsil olgan. 2020–2021 o‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. 2023-yilda IELTS xalqaro imtihonidan C1 darajadagi natijani qayd etgan holda magistratura bosqichida ham davlat grant asosida tahsilni davom ettirgan. Shu yili ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Ilm-fan tashabbuskori” xalqaro Gran-pri mukofoti bilan taqdirlangan.

[gallery-27871]

2020-yildan buyon Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasida suxandon sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni paytda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ingliz tili fanidan dars beradi.

Shuningdek, notiqlik san’atini rivojlantirish maqsadida “Mahoratli notiq” ijodiy kursiga asos solgan.

Komila Shoyimova ijod, ilm va pedagogik faoliyatni uyg‘un olib borayotgan zamonaviy o‘zbek ayoli sifatida e’tirof etilmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA