Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijod maktabida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi
09:27 / 2023-10-22

Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari jurnalist, faxriy pedagog Bo‘ritosh Nosirova, yozuvchi Temirpo‘lat Tillayev, Qarshi davlat universitetining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nilufar Umarova hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti o‘qituvchilari, serjant va kursantlari, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi mutaxassislari, viloyat bolalar futbol maktabi murabbiy va o‘quvchilari, OAV xodimlari, ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.  

O‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi badiiy, musiqiy va she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi, milliy kuy va taronalar yangradi. Tadbir davomida maktabdagi barcha to‘garak a’zolari o‘zining betakror chiqishlari bilan ishtirokchilarda boy taassurot qoldirdi.

<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/JgKlApnvYHI" title="Ijod maktabida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Jamshid NORQOBILOV (video), O‘zA