Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijod ahli yanada faol bo‘ladi
15:53 / 2025-12-31

Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “Vatan, madhingni kuylayman” deb nomlangan adabiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi faoliyatining yil yakunlari sarhisobi sifatida o‘tkazilgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari   Qamchibek Kenja, Farid Usmon, Habib Siddiq, Durbek Qo‘ldoshev, Halim Karim va boshqa adiblar so‘z olib, bo‘lim tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, kelgusi yil rejalari  haqida gapirdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasi, unda belgilangan olti muhim yo‘nalish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ijod ahlining o‘rni va roli xususida atroflicha so‘z yuritildi.

 “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlangan Yangi – 2026 yilda  ham andijonlik ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalari bilan yurtimiz rivoji, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi ishlarda yanada faol bo‘lishi ta’kidlandi. Kelgusi yildagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Yakunda bir guruh ijodkorlarga uyushma viloyat bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari – kitoblar to‘plami topshirildi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari