English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IJF prezidenti - Toshkentda
10:32 / 2026-02-26

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer poytaxtimizda o‘tadigan “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

IJF prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent xalqaro aeroportida sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov tomonidan kutib olindi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi delegatsiyasi “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniri doirasida mamlakatimizda o‘tadigan bir qator tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA