French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IJF prezidenti O‘zbekiston sportidagi yuksalishni e’tirof etdi
19:02 / 2026-02-28

Shu kunlarda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi(IJF) prezidenti Marius Vizer boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport inshootlari bilan tanishuv asnosida O‘zbekistonda sport sohasida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi.

O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov bilan muloqot jarayonida IJF prezidenti Marius Vizer hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivoj topib borayotganini, hamjihatlik asosida manfaatli loyihalar hayotga tatbiq etilayotganiga to‘xtalib, o‘zbek sportchilari dzyudo bo‘yicha xalqaro arenalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganini e’tirof  etdi.

Mamlakatimiz mezbonligida 40 ga yaqin davlat sport delegatsiyalari ishtirokida o‘tayotgan “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniri O‘zbekistonning xalqaro nufuziga salmoqli ta’sir ko‘rsatishidan dalolat ekani aytib o‘tildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda dzyudoni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA