Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijarama-ijarama yurib, ko‘chalarda qolib ketgan kunlarimiz ham bo‘ldi (+video)
13:20 / 2021-09-28

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati natijasida uysiz, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar ham zamonaviy uy-joylarga ko‘chib o‘tib, baxtli hayot kechirmoqda. Darhaqiqat, uy inson hayotining ajralmas bo‘lagi. Xalqimiz uni Vatanga qiyoslab, har bir insonning o‘z vatani, go‘shasi bo‘lsin, deya duo qiladi. O‘z boshpanasiga ega bo‘lish katta baxt.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan xayrli tashabbuslardan biri - ko‘p qavatli hamda arzon uy-joylarning qad rostlashi bo‘ldi. Bu orqali uyga ehtiyojmand ko‘plab oilalarning orzusi ushaldi.Uzoq yillar o‘z uyi bo‘lishini orzu qilib yashagan, bu orzusiga qanday yetishni bilmay, sarson yurgan yurtdoshlarimiz shu uylarda yangi hayot boshladi.

Farg‘ona viloyatida ham mazkur yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Farg‘ona tumanining Mindonobod massivida qurilgan uy-joylarda minglab oilalar uy to‘yini nishonladi. Birinchi guruh nogironi Zohidjon Kamolov va uning turmush o‘rtog‘i Umidaxon yaqinda yangi uyga ko‘chib o‘tdi.

Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ilik Mohira Usmonova boshidan ko‘p og‘ir kunlarni o‘tkazdi. U barchasiga sabr qildi. Ijarama-ijara yashadi, uysiz qolgan kunlar ham bo‘ldi. Ne baxtki u ham imtiyozli asosda yangi uyga ega bo‘ldi.

Batafsil videoda tanishing!

<iframe width="1440" height="757" src="https://www.youtube.com/embed/Hn15r5jz0Ws" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

M. Sulaymonov, M. Qodirov(video), O‘zA