French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijaraga berilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar fosh etildi
16:09 / 2021-08-21

Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.A. Qibray tumani hududidan ijara shartnomasi asosida berilgan 7 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro N.ga 225 ming dollarga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, oldindan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda sheriklari M.A. va R.T. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, O.A.dan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Sh. Mamaturopova, O‘zA