French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijarachi va ijaraga oluvchilar o‘rtasidagi muammoning asl sababi nima? (+video)
19:15 / 2022-10-31

Bilamizki, yurtimizda yangi Oliy ta’lim muassasalari ochilmoqda va tabiiyki ularda ta’lim oluvchi talabalar soni ham yildan – yilga ortib bormoqda.

Talabalarga sifatli ta’lim berish bilan birga ularni yotoq joy bilan ta’minlash masalasi ham dolzarbligini unutmasligimiz lozim. 

Xabaringiz bor, o‘quv yili boshlanishi bilan poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar orasida yotoqxonalar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga chiqqan edi. Muammo o‘rganilib, Oliy ta’lim muassasalari qolaversa, Toshkent shahar hokimining tashabbusi bilan ko‘pchilik talabalarning yotoqxonaga bo‘lgan ehtiyoji qondirildi. Shu bilan birga har bir Oliy o‘quv dargohida ham talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash uchun bor imkoniyatlar bosqichma-bosqich ishga solinmoqda. Lekin, shu bilan birga ijarada yashovchi talabalar bilan bog‘liq yangi muammolar yuzaga keldi, ijaraga qo‘yuvchi xonadon egalari kutilmaganda ijara narxlarini oshirib yuborishdi. O‘zA muxbiri bu bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LhMrgJmjXvw" title="Ijarachi va ijaraga oluvchilar o‘rtasidagi muammoning asl sababi nima?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

M. Eshmirzayeva, D. Yakubov (video) O‘zA