English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV: Xotin-qizlar sodir etgan jinoyatlar 32,8 foizga kamaydi
15:43 / 2019-12-05

Tadbirda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi polkovnik Shoxruh G‘iyosov huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirib o‘tdi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida respublika, viloyat va tuman (shahar) ichki ishlar organlari tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha 360 ta inspektor shtati joriy etildi.

Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikada 5 ming 624 nafar xotin-qizning ishga joylashishiga ko‘maklashildi, 4 ming 807 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi, 1,5 ming nafarining davolanishga muhtojligi aniqlanib, tibbiy dispanserlarga yuborildi.

Bundan tashqari, 1 ming 688 nafariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini qayta tiklashda amaliy yordam ko‘rsatildi, 3 mingga yaqiniga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashildi, 1,1 ming nafardan ziyodi ta’lim muassasalariga qaytarildi, 271 nafari “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari”ga yuborilishi ta’minlandi.

Natijada, xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 32,8 foizga – 4 ming 861 tadan 3 ming 267 taga kamayishiga erishildi, 25 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berildi, 10 mingdan ortiq yosh oilalarning ajrashib ketishining oldi olindi.

Anjuman davom etmoqda.