English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV xodimi: Yangi yilni osoyishta, sog‘likda kutib olish barchamizga bog‘liq
15:19 / 2022-12-31

Yangi yil - barcha uchun birdek sevimli va shukuhli bayram. Boshqa bayramlardan farqli ravishda bu bayramda nafaqat uyda, balki ko‘cha va maydonlarda aholi harakatlanishi juda faollashadi.

 Chunki yorqin chiroqlar bilan bezatilgan maydonlar, archalar barchani o‘ziga jalb qilishi tabiiy hol. 

Albatta, har qanday bayramning shukuhi tinchlik bilan! 

Bayram tinch va osoyishta o‘tishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari, katta leytenant Nilufar To‘raxonova javob berdi: 

 - 2023 yil yil – Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Jumladan, mamlakatimiz hududi bo‘ylab 229 ta archa o‘rnatilgan maydonlarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Bu tadbirlarda yurtdoshlarimiz va yurtimiz mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan. Bayram o‘tkaziladigan maydonlarda metallodetektor uskunalari ham o‘rnatilgan. 

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida situatsion markaz o‘z faoliyatini boshladi. 

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organi xodimlari bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelgan taqdirda fuqarolarimiz 1286 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin. 

Yurtdoshlarimiz va mehmonlarimiz Yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olishlari, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari va yong‘in xavfsizligi xizmati, tez tibbiy yordam xizmati tunu kun xizmatda bo‘ladi.  

Yurtdoshlarimizga pirotexnika vositalaridan foydalanish nafaqat sog‘lik uchun xavfli, balki jinoiy va ma’muriy javobgarlikka ham sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.  

Yangi yilni yaxshi kayfiyatda va sog‘lik-salomatlikda kutib olaylik! 

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/229vA_chaBg" title="IIV xodimi: Yangi yilni osoyishta, sog‘likda kutib olish barchamizga bog‘liq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

                                                                   Norgul Abduraimova, O‘zA