Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV tizimidagi bugungi qahramonlar bilan tanishamiz (+video)
09:34 / 2023-08-11

Joriy yilning 10 avgust sanasidan boshlab, O‘zAda yangi — “E’tirof” loyihasi e’tiboringizga havola etilmoqda.

Ushbu loyiha orqali yurtimizda har qanday soha vakili yoki hunar egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, e’tirofga loyiq deb topilgan shaxslar bilan yaqindan tanishib borasiz. Loyihamizning ilk sonida esa sizlarni IIO da o‘z xizmat vazifasini olib sidqidildan olib borayotgan fidoyi hamyurtlarimiz bilan tanishtirmoqchimiz.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda nogiron qizni yelkasiga ko‘tarib, imtihonga kiritgan IIB xodimining surati tarqaldi va ko‘plab ijobiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biz esa Andijon viloyati IIB da o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim bilan yaqindan tanishishga qaror qildik. 

Safdor Sardorbek Ubaydullayev Ubaydulla o‘g‘li 1986 yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari Kinologiya bo‘linmasi instruktor-kinologi. Ichki ishlar organlarida 9 yil 10 oydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 

U bugungi kunga qadar — jinoyatlarni issiq izidan ochish, qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ushlash choralarini ko‘rish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Xususan, 2023 yilning 7 oyi davomida olib borilgan ishlar natijasida Andijon viloyati hududida o‘tkazilgan ommaviy-siyosiy-madaniy-sport tadbirlariga munosib hissasini qo‘shib, jinoyat qidiruv sohasida sodir etilgan jinoyatlarga xizmat itini 14 marotaba voqea joylariga ta’minlab, 2 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning ochilishida ishtirok etgan. 

Xodim, shuningdek, bo‘linmada xizmat itlari umumiy va maxsus kurslarga tayyorlash ishlarida ham yetakchi instruktor hisoblanib, xizmat itlarini tayyorlashda keng ko‘lamli malakaga ega.

Joriy yilning 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda yana bir noxush xabar tarqaldi. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi perinatal markazlarining birida ona o‘z bolasini dunyoga keltirib, tibbiyot birlashmasi hududida tashlab ketgan. Soat 01:30 larda Qorako‘l tumani markazida Buxoro viloyati Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul post xizmati bataloni safdor xodimi — Shahzod Saidov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi, jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi “Eskiqal’a” mahallasi profilaktika inspektori katta leytenant — Habib Abdurahmonovlar o‘ziga belgilangan yo‘nalishda tungi xizmatga jalb etilgan bo‘lgan.

Xodimlar tungi xizmat faoliyatlari davomida xavf ostida qoldirilgan murg‘ak go‘dakni topib, uning hayoti saqlanib qolinishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 

Har qanday soha bo‘lmasin, uning mas’uliyatini anglagan holda sidqidildan xizmat qilayotgan xodim albatta e’tirofga va rag‘batga loyiq. Ehtimol, loyihamiz qahramonlarining xizmati u qadar katta qahramonlik sanalmas, ammo ular o‘z vazifasiga astoydil yondashmaganliklarida, qiyin vaziyatlarga tushib qolgan hamyurtlarimizga ham o‘z vaqtida yordam berilmagan bo‘lar edi. 

Videoda batafsil 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/57ua1lxpP9w" title="IIV tizimidagi bugungi qahramonlar bilan tanishamiz — “E’tirof”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

P/S: Agar sizning hududingizda ham mana shunday o‘z kasbining fidoiylari va haqiqiy zaxmakashlari bo‘lsa, hech ikkilanmay bu haqda bizga ma’lum qiling. info@uza.uz Biz siz bilan albatta bog‘lanamiz. 

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA