French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV rahbariyati aeroportlarda xavfsizlikka qanday rioya etilayotganini ko‘zdan kechirdi
12:14 / 2026-03-05

Dunyoda kechayotgan beqaror muhit, davlatlar tinchligiga rahna solayotgan urushlar hushyor va ogohlikni oshirish, xavfsizlikka qat’iy rioya etish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Ichki ishlari vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikka qanday rioya etilayotganini ko‘zdan kechirdi. 

Tizimda xizmat olib borayotgan xodimlari bilan uchrashib, aeroportlarda xavfsizlikni yanada kuchaytirish, yo‘lovchilarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha bir qator aniq vazifalarni belgilab berdi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirish hamda xodimlarning kasbiy malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan aeroport hududida jamoat tartibini ta’minlash, yo‘lovchilar va mehmonlarga nisbatan xushmuomalalik madaniyatini yuksaltirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

N.Abduraimova, O‘zA