Yoshlarning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, kamol topishida ta’lim-tarbiya bilan bir qatorda sportning ham katta o‘rni bor. Qolaversa yoshlar auditoriyada bilim olishsa, sport maydonlarida chiniqib, kuch-quvvatga to‘ladi.
9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahar Bektemir tumani umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Maktablarda futbol” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Bektemir tumanidagi 8 ta umumta’lim maktablarining 8 sinf o‘quvchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqaning ochilish marosimida so‘z olgan IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i, t.f.n., dotsent polkovnik Olimjon Axmedov barcha yig‘ilganlarni tabriklab, sportchilarga omad tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari, Bektemir tumani hokimiyati va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tuman umumta’lim maktab o‘qituvchilari-o‘quvchilari, tuman sport maktabi trenerlari ishtirok etishdi.
Murosasiz va qizg‘in bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni 290-umumta’lim maktab jamoasi, ikkinchi o‘rinni 289-umumta’lim maktab va uchinchi o‘rinni 291-umumta’lim maktab jamoalari qo‘lga kiritdi.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/loUnmpjD61A" title="IIV Malaka oshirish instituti kubogi musobaqasi oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” 290-son umumta’lim maktab o‘quvchisi Mirzanvarov Bobur Anvar o‘g‘li, “Eng yaxshi o‘yinchi” 289-son umumta’lim maktab o‘quvchisi Axmadjonov Jasur Aziz o‘g‘li va “Eng yaxshi murabbiy” 293-son umumta’lim maktab o‘qituvchisi Ruslan Xamroqulovlar loyiq deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar diplom medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA