Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV: Joriy yil 11 oyida jinoyatchilik 24 foizga pasaydi
18:00 / 2019-12-11

Unda Ichki ishlar vazirining Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Odam savdosiga qarshi kurashishning tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish: milliy tajriba va xalqaro amaliyot” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Ichki ishlar vazirining Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi polkovnik Shohrux G‘iyosov mamlakatimizda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha jabhalarda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Yurtimiz bo‘ylab “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz uy” va “Xavfsiz dam olish” tizimlari joriy etildi.

Jumladan, mamlakatimizda osoyishtalikni ta’minlash maqsadida profilaktika inspektorlarining soni mingta shtat birligiga ko‘paytirildi.

Bundan tashqari, 200 dan ortiq tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlarida yoshlar masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor lavozimlari joriy etildi. 

Shu bilan birga, hukumat tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, barcha turdagi jinoyatchilik 2017 yilda 15.7 foizga, 2018 yilda 33.5 foizga, 2019 yil 11 oyida 24 foizga pasaydi.

Mazkur islohotlar doirasida, inson sha’ni, qadr qimmatini tahqirlovchi, uning huquqlarini poymol qiluvchi odam savdosi masalasi, davlat siyosatining jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javob berildi.