Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV: jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 57 nafar rahbar javobgarlikka tortildi, 29 nafari ishdan bo‘shatildi
15:54 / 2025-12-23

Ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Yangi O‘zbekiston ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan yil sarhisobi: tahlil, natija va kamchiliklar hamda ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbirda vazirlik rahbariyati, sohaviy xizmatlar boshliqlari, hududiy studiyalardan IIV, IIBB, IIB rahbarlarining o‘rinbosarlari qatnashdi. 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov sohaga doir barcha ma’lumotlarni jurnalistlar e’tiboriga havola qildi. IIV Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov tizimda ochiqlikni ta’minlashga qaratilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.  

–Davlatimiz rahbarining xavfsizlikni ta’minlash masalasiga bo‘lgan doimiy e’tibori va tinimsiz sa’y-harakatlari bugungi dunyoda avj olib borayotgan tahlikali sharoitda yurtimizda tinchlik va xotirjamlik muhitini saqlab turish uchun zamin yaratmoqda, – dedi R.Ashropov. – Ichki ishlar organlari tizimi xodimlari jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalarni izchil amalga oshirmoqda.

2025 yilda har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish barcha rahbarlar uchun ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu asosda kriminogen vaziyati og‘ir 1 ming 235 mahallaga mas’ul rahbarlar biriktirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilab berildi. Mahallalarga  xizmat qiluvchi 84 “Huquq-tartibot maskani” tashkil etildi. Bu esa ortiqcha ovoragarchilikning oldini olib, aholining kundalik muammolari qisqa muddatlarda joyida hal etilishiga imkon yaratdi.

Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 39 foiz yoki 3 ming 503 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

Tizimda ochiqlikni ta’minlash ishlari ham izchil yo‘lga qo‘yilgan. Korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga barham berish maqsadida “Burchga sadoqat” loyihasi, kriminogen vaziyati og‘ir “qizil” toifada bo‘lgan mahallalar bo‘yicha “Qizil hudud” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. OAV bilan hamkorlikda jamoatchilik so‘rovlari o‘tkazilmoqda.   

Qo‘riqlash departamenti tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan davrda oldini olish mumkin bo‘lgan o‘g‘riliklar soni 9 foizga kamayishiga erishildi. Tashvish tugmalarining o‘rnatilishi natijasida 10 ming 450 jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olindi. 

Inspektorlik tekshiruvi natijasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 71 nafar xodim, shundan 57 nafar rahbar intizomiy javobgarlikka tortilgan. 29 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 108 nafar xodim intizomiy jazolangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 250 holatda xodimlar fuqarolar tomonidan taklif etilgan porani rad etgan. 

Norgul Abduraimova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA