IIV binosiga hujum qilmoqchi boʻlgan yigit ozodlikdan mahrum etildi
Dushanbe shahar sudi Tojikiston IIV binosiga hujum qilmoqchi boʻlgan yosh yigitni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Dushanbe shahar sudi Tojikiston IIV binosiga hujum qilmoqchi boʻlgan yosh yigitni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Farxor tumanida istiqomat qiluvchi Orzu Saidaliyev jinoiy guruhda ishtirok etish va terakt sodir etishga urinishda aybdor deb topildi hamda 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Shahar sudi oʻzining rasmiy bayonotida 23 yoshli yigit 2018 yil Qozogʻistonda mehnat migratsiyasida boʻlgani, bu yerda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Islom davlati” aʼzolariga chiqqani hamda bu terror tashkilotining rahbari Abubakr Al-Bagʻdodiyga terror hodisalarini sodir etishga qasamyod qilgani taʼkidlanadi.
Tergovning taʼkidlashicha, Saidaliyev oʻz umrining oxirigacha Abubakr Al-Bagʻdodiyga xizmat qilishga va hatto uning uchun oʻz hayotini qurbon qilishga qasam ichgan.
Tergov maʼlumotlariga qaraganda, Saidaliyev “Odnoklassniki”, “Vayber”, IMO, “Telegram” orqali Suriya va Iroqdagi terrorchilar bilan bogʻlangan va “Islom davlati”ning emissarlaridan biri boʻlmish Tojiddin Nazarovdan topshiriq olib turgan.
Abu Usama Noraki nomi bilan tanilgan Tojiddin Nazarov unga jamoat tartibini buzish va aholini qoʻrqitish maqsadida Farxor tumanidagi Navobod qishloq kengashi raisi Sayfullo Yatimovni oʻldirishni topshirgan.
Uning ikkinchi nishoni Rossiya Federatsiyasida tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan Tojikistonda mashhur boʻlgan Dilovar Muhiddinov istiqomat qiladigan turar-joy binosi boʻlgan.
Saidaliyev Muhiddinovning uyini yoqib yubormoqchi edi. Tergovchilarning soʻzlariga qaraganda, Saidaliyev tadbirkorning uyi va avtomobilini suratga tushirib, Muhiddinovning oilasiga hujum rejasini ishlab chiqishi uchun Norakiga yuborgan.
Ammo uning asosiy nishoni IIV binosiga hujum qilish boʻlgan.
Rejaga koʻra, Saidaliyev oʻzini qurbon qilib boʻlsa-da, IIV shaxsiy tarkibi ertalabki toʻplangan vaqtda IIV hovlisida portlash uyushtirishi kerak edi.
Sud hukmida taʼkidlanishicha, Nazarov Saidaliyevga IIV fotosini yuborgan hamda granatalar va Kalashnikov avtomati yordami bilan vazirlik maʼmuriy binosiga hujum qilish orqali “oʻzining jihodi”ni amalga oshirishni buyurgan.
Tojikiston rasmiylarining taʼkidlashicha, operativ tarzda Saidaliyev ortidan kuzatuv oʻrnatishgan va 2018 yilning 20 dekabr kuni u Norakining topshirigʻiga koʻra, Dushanbinka daryosi oʻzanidan mobil telefon va 200 AQSH dollarini olmoqchi boʻlganida, qoʻlga olingan.
Maxsus amaliyot vaqtida uning yonidan jangovar granata va Kalashnikov avtomati topildi. Saidaliyev uchun kim mobil telefoni va pullarni yashirgani haqida maʼlumot yoʻq.
Dushanbe shahar sudi bayonot berib, Saidaliyev oʻz maqsadiga erishmagan boʻlsa-da, ayblanuvchi shohidlik aktini tayyorlagani borasidagi dalillar eʼtiborga olingan holda Saidaliyev 20 yil qattiq rejimli koloniyada jazoni oʻtashi borasida hukm chiqarilganini maʼlum qildi.
Orzu Saidaliyevning yaqin qarindoshlaridan biri Loiq Saidaliyev jinoyat borasida maʼlumot bermagani va jinoyatchini yashirgani uchun bir yarim yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.