French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV: 20 kilogrammdan ortiq “marixuana” giyohvand moddasi qo‘lga olindi
14:27 / 2026-01-27

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida narkojinoyatlarga qarshi keskin kurashish vazifasi qo‘yilgan.

Narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilmaslik yoki jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik belgilandi.    

Chunki, giyohvandlik bir insonning emas, balki butun jamiyatning kelajagiga qaratilgan xavfli illatdir. Qonunga xilof har qanday harakatga nisbatan esa muqarrar javobgarlik mavjud.  

Ichki ishlar organlarida narkotik moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish ishlari kuchaytirildi. Bu borada Davlat xavfsizlik xizmati bilan izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.  

IIV axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha,  mazkur xizmatlar xodimlarining hamkorlik asosida olib borgan tezkor tadbirlarida 20 kilogrammdan ortiq  quruq holatda bo‘lgan “marixuana” giyohvand moddasi qo‘lga olindi.  

Mazkur noqonuniy holat Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi  1950 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida aniqlandi.  

Aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu miqdordagi ajal og‘usining noqonuniy muomalaga kiritilishi jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solib, ko‘plab insonlar, ayniqsa, yoshlar hayoti va sog‘lig‘ida salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin edi.  

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning  o‘zaro hamkorlikda amalga oshirgan tezkor tadbiri natijasida millat genofondi uchun xavfli bo‘lgan yana bir jinoyatning oldi olindi.

Shu bois, aholi salomatligi, yoshlar kelajagi va jamiyat tinchligi yo‘lida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA