Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III Yoshlar Osiyo o‘yinlari va “Islom birdamligi” o‘yinlarida kurash musobaqalari masalasi muhokama qilindi
12:19 / 2025-10-16

Xalqaro kurash assotsiatsiyasining Toshkentdagi bosh qarorgohida joriy yilning 22-31 oktyabrida Bahrayn va noyabr oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlari hamda “Islom birdamligi” o‘yinlarida milliy sportimiz kurash bellashuvlarini yuqori darajada tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalarda ishtirok etgan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Qodirov va boshqa mutaxassislar mazkur o‘yinlar dasturiga kurash sportining kiritilishi katta voqelik ekanligini e’tirof etib, musobaqalarni har jihatdan yuqori saviyada tashkil etish masalalari xususida fikr bildirdi.

Muhokamalar davomida davlatimiz rahbarining doimiy qo‘llab-quvvatlashi kurash sport turining jahon miqyosidagi nufuzini yanada oshirishda muhim omil bo‘layotganini e’tirof etdi.

Kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar uchun sifatli yaktaklar va kurash gilamlarini tayyorlash, chet mamlakatlarning kurash federatsiyalariga yetkazib berish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligi, bu, qadriyatlarimizning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan milliy sportimizning jahon miqyosida ommalashishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muloqotlar chog‘ida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida joriy yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan XV Jahon chempionatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar xususida ham takliflar ilgari surildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA