Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III Osiyo o‘yinlarida futzalchilarimizning raqiblari aniq bo‘ldi
11:24 / 2025-10-22

Xabaringiz bor, Bahraynda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida futzal bo‘yicha bahslar 23-30 oktyabr kunlari “A” va “B” guruhlarida 8 ta terma jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi ushbu musobaqaning “A” guruhida Bahrayn, Afg‘oniston hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadigan bo‘ldi.

Futzalchilarimiz o‘yinlardagi dastlabki uchrashuvni 24 oktyabr kuni Afg‘oniston termasiga qarshi o‘tkazadi. 25 oktyabr sanasida esa Xitoy, 27 oktyabrda Bahrayn terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov mazkur musobaqada quyidagi futzalchilarni olib ketdi:

Darvozabonlar: Azizjon Abduraimov, Muhammadjon Baxtiyorov.

Maydon o‘yinchilari: Azizbek Jaloliddinov, Abdulboriy Ilyosov, Izzatilla G‘ulomov, Javohirbek Abdulvosiyev, Elshodbek Akmalov, Islam Ibragimov, Diyor Mamarasulov, Bunyodjon Bozorboyev, Timur Kallibekov, Izzat Aytbayev, Nizomiddin Ziyoxiddinov, Samandar Abduvoitov.

Ma’lumot o‘rnida: III Osiyo o‘yinlarining futzal bahslarida guruhlarda 1-2-o‘rinlarni egallagan jamoalar yarim finalga yo‘l oladi. 1/2 finalda g‘olib jamoa so‘nggi bosqichda oltin medallar uchun kurash olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA