Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida sportchilarimiz 20 ta medalga ega chiqdi
09:50 / 2025-09-30

Ozarbayjonda davom etayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 3 tadan oltin va kumush hamda 14 ta bronzaga yetdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, sambo bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 kumush va 4 ta bronzaga ega chiqqan bo‘lsa, stenddan otish bo‘yicha o‘tgan bahslarda 1 ta oltin medal qo‘lga kiritildi. Shuningdek, stol tennisi bo‘yicha vakillarimiz 1 ta kumush va 6 bronza, taekvondo WT sport turi bo‘yicha 1 kumush va 2 bronza, suzuvchilarimiz 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Quyida ushbu medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz bilan tanishasiz:

Oltin: Azamat Qayumov (stenddan otish), Muhammadyusuf Yusufjonov (sambo), Bilolbek Abdug‘apparov (sambo);

Kumush: Adelina Hasanova (stol tennisi),  Valeriya Xegay (taekvondo WT), Gamzat Maksetboyev (sambo);

Bronza: stol tennisi – erkaklar va ayollar jamoaviy, juftlik dasturlarida, Rahmatillo Abdurashidov va Maftuna G‘ulomova yakkalik bahslarida;

Suzish –  Javlon G‘aniyev va Muhammadismoil Rahmonov;  

Taekvondo WT –  Shohjaxon Ahmedov, Mubina Bobosaidova;

Sambo – Avaz Ergashev, Davlatjon Kozimov, Shohjaxon G‘olibov, Saidahmad Ravshanov.

Qayd etilgan ushbu natijalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 20 taga medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.  

Mazkur jadvalda Rossiya delegatsiyasi 34 ta oltin, 8 ta kumush va 7 bronza medali bilan karvonboshilik qilmoqda. Musobaqa mezbonlari 5 oltin, 17 kumush hamda 16 bronza medal to‘plab ikkinchi, Belarus sportchilari 4 ta oltin, 13 ta kumush va 15 ta bronzaga ega chiqqan holda uchinchi o‘ringa joylashgan.

Bugun, 30 sentyabr kuni sportchilarimiz III MDH o‘yinlarining chavgon, suzish, voleybol, boks, taekvondo WT, badminton kabi sport turlari bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA