Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III MDH o‘yinlaridagi medallarimiz 118 taga yetdi
09:47 / 2025-10-08

Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronza medaliga yetdi.

III MDH o‘yinlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.  

Aniqrog‘i, mazkur sport turi bo‘yicha Javohir Sharifboyev (45 kg), Farid Karimov (48 kg) va Abdulaziz Xolmirzayev (80 kg) barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni -110 kg. bo‘lgan Saidamir Ne’matov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Azizbek Barliqboyev va Faxrikamol Komiljonov bronza medaliga ega chiqdi.

Qilichbozlikning sablya quroli bo‘yicha tashkil etilgan jamoaviy bahslarida Nargiza Jaksibayeva, Ayakoz Jumamuratova, Salima Ro‘ziyeva va Nargiza Utebayevadan iborot terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy musobaqada termamiz shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.

Bugun, 8 oktyabr kuni III MDH o‘yinlarining so‘nggi kunida faqatgina badiiy gimnastika bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, o‘yinlarning yopilish marosimi ham tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA