III MDH o‘yinlarida yana bir medal qo‘lga kiritildi
Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir kumush medal qo‘shildi.
Gap shundaki, musobaqaning chavgon bo‘yicha o‘tgan bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Natijada, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 22 ta oltin, 33 ta kumush, 55 ta bronza, jami 109 taga yetdi.

Shuningdek, hozirga qadar yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Javohir Sharifboyev, Farid Karomov, Faxrikamol Komiljonov, Abdulaziz Xolmirzayev va Sadriddin To‘lqinboyev kabi polvonlarimiz ilk bahslarda g‘alaba qozondi.
Ayni damda delegatsiyamiz a’zolari qilichbozlik, badiiy gimnastika va akademik eshkak eshish kabi sport turlari bo‘yicha ham medallar uchun kuch sinashmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA