Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III MDH o‘yinlarida eshkak eshuvchilarimiz 7 medalni qo‘lga kiritdi
15:23 / 2025-10-06

Ozarbayjon mamlakati mezbonlik qilayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali qo‘shildi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘yinlarning akademik eshkak eshish hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish turlari bo‘yicha musobaqalarda yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumladan, Boburjon Muhiddinov va Jamolbek Turg‘unov juftligi 4 daqiqa 47,36 soniya natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ziyodbek Yo‘ldoshev 3 daqiqa 55,22 soniya natija bilan kumush medal, Shohrux Hasanov (3 daqiqa 51,45 soniya) va Davlatjon Hamdamov (4 daqiqa 3,7 soniya) bronza medallari sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish turida Muhammadaziz Aripov 1 daqiqa 57,86 soniya natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Baydarkada o‘tgan juftlik bellashuvlarida Shohrux Hasanov va Nikita Reynvalt 1 daqiqa 36,99 soniya natija bilan kumush, Mark Sherbakov va Davlatjon Hamdamov esa 1 daqiqa 42,22 soniya natija bilan bronza medali bilan taqdirlandi.

III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 22 ta oltin, 31 ta kumush va 52 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA