French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III MDH o‘yinlarida 5 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi
11:11 / 2025-10-03

Ozarbayjon davlati mezbonlik qilayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ayni damga kelib 3 ta oltin, 7 ta kumush hamda 22 ta bronza medallarini jamg‘ardi.

MDH o‘yinlarining boks bahslarida o‘smir qizlar ishtirokidagi yarim final  janglarida  5 nafar bokschimiz finalga yo‘l olgan bo‘lsa, 4 ta qizlarimiz bronza medallariga ega chiqdi.  

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu bahslarda o‘zbekistonlik qilichboz Sardor Abdukarimbekov munosib ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon termasini 3-0 hisobida dog‘da qoldirdi. Darvoqe, bugun ushbu  jamoalarning qizlar o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.

III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 3 oktyabr kungi dasturda voleybol, bandminton, boks, kamondan otish, qilichbozlik, erkin va ayollar kurashi, karate sport turlarida o‘z omadlarini sinab ko‘radilar.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA