Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIBda navbatdagi kitob-savdo yarmarkasi o‘tkazildi
15:23 / 2025-07-14

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida kitob-savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasiga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, kitob-savdo yarmarkalari tashkil etilib, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari, yangi nashr etilgan kitoblar keng targ‘ib qilinmoqda. 

Mazkur yarmarka ham osoyishtalik posbonlarining bilim va malakalarini boyitish, fikrlash doirasini kengaytirish, huquqiy savodxonligini oshirib, kitob mutolaasi bilan bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishga yo‘naltirilgani ahamiyatli bo‘ldi. 

Shu kuni kitob-savdo yarmarkasida xodimlar o‘zbek va jahon adabiyotining yangi nashr etilgan asarlarini, huquqiy va boshqa mavzularga oid kitoblarni xarid qildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri