Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIB xodimiga pora berishga uringan shaxs qoʻlga olindi
11:05 / 2020-01-25

2020-yilning 22-yanvar kuni katta leytenant X.N Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib...


2020-yilning 22-yanvar kuni katta leytenant X.N Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, oʻz bildirgisida 2020-yilning 19-yanvar kuni fuqaro D.B.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida, fuqaro Yu.K oʻz yashash xonadonida 70.000 soʻm pul evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada boʻlgan vaqtda ushlaganligini va 70.000 soʻm pullar ashyoviy dalil tariqasida olinib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar toʻplanganligini, shundan soʻng fuqaro Yu.K. unga maʼmuriy materialni koʻrib chiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida pul taklif qilayotganligini maʼlum qilib, pora taklif qilgan fuqaro Yu.K.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

2020-yilning 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV OʻXB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi, VIIB JQB KvaIJQKB hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1994-yil 15-mart kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta maxsus, vaqtincha ishsiz, turmushga chiqmagan, muqaddam 21.02.2017-yilda Oʻz.Res.JKning 223-modda 2-qismi “a” bandi sudlanib, Oʻz.R. Amnistiya aktiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan, 17.03.2019-yilda Oʻz.R. MJtKning 190-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, Guliston shaharida yashovchi Yu.K katta leytenant N.Xning xizmat xonasida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasi yuzasidan toʻplangan hujjatlar boʻyicha qonuniy chora koʻrmaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga katta leytenant N.Xga 400.000 soʻm pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV OʻXB Sirdaryo viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborish choralari koʻrilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati