French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
II MDH o‘yinlari. Og‘ir atletikachilarimiz ishtiroki xususida (+video)
10:14 / 2023-08-10

Belarusning Grodno shahrida bo‘lib o‘tayotgan II MDH sport o‘yinlaridasturidagi og‘ir atletika musobaqasi nihoyasiga yetdi.

Odatga ko‘ra, so‘nggi kun og‘ir vaznli polvonlar supachaga chiqdi. 102 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharoafini munosib himoya qilgan yosh atlet –  Andijon og‘ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi Qudratbek Salimjonov yakunda Rossiya, Belarus va Kuba vakillaridan keyin 5-o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, u dast ko‘tarishda Amerika qit’asidan kelgan tajribali raqibini ortda qoldirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ushbu guruhda sovrinli o‘rinlar Rossiya va mezbon jamoaga nasib etdi.

<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/I-bfNU9PfSY" title="II MDH o‘yinlari. Og‘ir atletikachilarimiz ishtiroki" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

G‘ayrat XONNAZAROV,

Yoqubjon MELIBOEV (surat, video), O‘zA

Grodno, Belarus