Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Jiddada yig‘ilish o‘tkazadi
11:39 / 2025-08-22

Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 25 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi va bir qancha nashrlar ma’lum qilmoqda.

Uchrashuvda Isroil – Falastin ziddiyati, xususan, G‘azo sektoridagi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini amalga oshirishda IHTga a’zo davlatlarning xalqaro darajada sa’y-harakatlarini birlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, tadbir oldidan yuqori mansabdor shaxslarning navbatdan tashqari tayyorgarlik yig‘ilishi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda rezolyutsiya hujjatlarini tayyorlash, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari kengashining kun tartibi va ish dasturi loyihasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA